Erdo‘g‘an birdaniga 3 nafar yangi vazir tayinladi
Olam
−
21 aprel 2021
4672Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Hukumatdagi bir qator vazirlarni almashtirdi. Bu haqda "Resmi Gazyetye" rasmiy nashri xabar bergan.
Manbaga ko‘ra, Erdo‘g‘an birdaniga 3 ta yangi vazir tayinlagan.
"Mehmet Mush yangi Savdo vaziri etib tayinlandi, Derya Yanik Oila va ijtimoiy xizmatlar vaziri bo‘ldi. Yangi Mehnat va ijtimoiy xavfsizlik vazirligi tashkil etildi, unga Vedat Bilgin vazir etib tayinlandi", deyilgan bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, Erdo‘g‘an Turkiyada koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat keskinlashayotgani uchun Ramazon oyining dastlabki ikki haftasida karantin choralarini kuchaytirgandi.
LiveBarchasi