Erdo‘g‘an Bayden bilan ishlash “yaxshi boshlanmagan”ini aytdi
Olam
−
24 Sentabr 2021
5619Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Amerika Prezidenti Jo Bayden bilan hamkorligi boshidanoq noto‘g‘ri boshlanganini ma’lum qildi. Bu haqda u AQSHdan qaytayotgan samolyoti bortida jurnalistlarga aytdi.
“Men kichik Jorj Bush bilan, janob Barak Obama bilan, janob Donald Tramp bilan yaxshi ishladim, lekin janob Bayden bilan yaxshi boshladik deb ayta olmayman. Bayden Suriyadagi terrorchilik tashkilotlariga qurol, o‘q-dorilar va asbob-uskunalar yetkazib berishni boshladi. Biz bunga befarq qaramaymiz”, degan u.
Qolaversa, Erdo‘g‘anning fikricha, AQSH Afg‘onistonda qoldirilgan, hozirda toliblar qo‘lida bo‘lgan Amerika qurollari uchun javob berishi kerak.
“Agar hozirda toliblar qo‘lida bo‘lgan qurollarga nazar tashlasangiz, ular Amerika qurollari ekanligini tushunasiz. Shuning uchun u (AQSH — tahr.) buning evaziga tovon to‘lashi kerak bo‘ladi”, degan Erdo‘g‘an.
Turkiya Prezidenti, shuningdek “Tolibon”ning hozirgi yondashuviga qarab Afg‘onistonda inklyuziv hukumat tuzilmaganini afsus bilan aytish mumkin”, deya qo‘shimcha qilgan.
LiveBarchasi