Erdo‘g‘an aytmoqchi bo‘lgan xushxabar nima? U dunyoga nima beradi?

Olam

image

Bugun, 22 iyul kuni Istanbulda imzolanadigan “Don yo‘lagi” bo‘yicha kelishuv jahon bozorlariga kamida 25 million tonna don yetkazib berish imkonini beradi. Bu haqda TASS muxbiriga Istanbuldagi manba xabar berdi. 

"Birinchi bosqichda bugun Istanbulda imzolanadigan kelishuv tufayli Ukraina portlarida to‘sib qo‘yilgan oziq-ovqat yuklari bo‘lgan kemalar blokdan chiqariladi deb taxmin qilinmoqda. Ularning soni 80 ga yaqin. Bizning hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu mexanizm ishga tushirilgandan so‘ng yaqin haftalarda jahon bozorlariga 25 million tonnaga yaqin g‘alla yetkazib beriladi”, deydi manba. 

U ta’kidlaganidek, “Don yo‘lagi” bo‘yicha kelishuvning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri quruq yuk kemalarining Ukraina portlaridan erkin chiqib ketishi uchun xavfsizlik kafolatlari edi. 

O‘z navbatida, “Habertürk” telekanali Turkiya va Rossiyadan g‘alla bo‘yicha kelishuv ikki davlat harbiy idoralari rahbarlari tomonidan imzolanishi haqida xabar berdi. 

Harbiy majburiyat

Ukraina g‘allasini Qora dengiz orqali eksport qilish bo‘yicha kelishuv yuk kemalarini harbiy kuzatib borishni nazarda tutmaydi, biroq tomonlar ularga hujum qilmaslik majburiyatini oladi, deydi TASS agentligiga muzokaralardan xabardor manba. 

“Harbiy eskort rejalashtirilmagan, kelishuvda tomonlar don tashuvchi kemalarga hujum qilmaslik majburiyatini oladi”, deydi u. 

Yo‘laklarni yaratish

Qayd etilishicha, Ukrainadan g‘alla eksporti bo‘yicha kelishuv Odessa, shuningdek, Chernomorsk va Yujniydan xavfsiz yo‘laklarni yaratishni nazarda tutadi. 

“Odessa va yana ikkita Ukraina porti (Chernomorsk va Yujniy)dan xavfsiz yo‘laklar yaratilmoqda”, deydi manba. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 iyul kuni Istanbulda “Don yo‘lagi” yaratish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi, unda Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Ukraina harbiy delegatsiyalari hamda BMT vakillari ishtirok etdi. Jahon Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish yig‘ilishdan so‘ng Ukrainadan oziq-ovqat mahsulotlarini Qora dengiz orqali xavfsiz va ishonchli eksportini ta’minlash yo‘lida muhim qadam tashlanganini aytdi.

Joriy yilning 18-19 iyul kunlari Prezidentlar Vladimir Putin va Rajab Toyib Erdo‘g‘an Tehronda o‘tgan "Ostona jarayoni" sammitida yakkama-yakka muloqot qildilar. Anda asosiy mavzu Ukrainada qolayotgan donni xavfsiz olib chiqish bo‘ldi. Tehrondan Turkiyaga qaytgan Rajab Toiyb Erdo‘g‘an "Don yo‘lagi" bo‘yicha yakuniy hujjat shu hafta imzolanishi kutilayotganini aytgan edi


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Don yo'lagi

Baholaganlar

235

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing