Erdo‘g‘an AQSHning Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishini o‘ta muhim deb atadi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an AQSHning Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qilishini nihoyatda muhim deb atadi. Uning fikricha, bu qaror ushbu mamlakat va mintaqadagi vaziyatni barqarorlashtirishga yordam beradi. 

“Ular [AQSH] ham sanksiyalarni bekor qilishini e’lon qilishdi. Bu Suriya va mintaqada barqarorlikni ta’minlash uchun o‘ta muhim qadamlar”, deydi Erdo‘g‘an kecha, 21 may kuni Budapeshtda o‘tgan Turkiy Davlatlar Tashkilotining norasmiy sammitidan qaytgach. 

14 may kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Ar-Riyodda Suriya muvaqqat rahbari Ahmad ash-Shara bilan muzokara o‘tkazdi va bu ikki davlat rahbarlarining so‘nggi 25 yildagi ilk uchrashuvi bo‘ldi. Amerika rahbari mamlakati Hofiz Asad va uning o‘g‘li Bashar al-Asad hukmronligi davrida Damashqqa o‘nlab yillar davomida kiritilgan sanksiyalarni bekor qilishni boshlashini ma’lum qildi

Erdo‘g‘an, shuningdek, Turkiyada taqiqlangan va kuchlarining bir qismi Suriyada joylashgan Kurdiston ishchilar partiyasini (KIP/PKK) qurolsizlantirish masalasi muhokama qilinadigan yaqin kunlarni muhim deb atadi.  

“Kelgusi kunlarni juda muhim deb hisoblaymiz. Tegishli idoralarimiz o‘z hamkasblari bilan birgalikda Suriya armiyasi tarkibiga barcha qurolli guruhlarni kiritish jarayonini kuzatmoqda. Biz ayniqsa, Xalq mudofaa kuchlari (XMK/PYD) bilan bog‘liq masalani diqqat bilan kuzatib boramiz”, deydi Turkiya Prezidenti. 

Kurdiston ishchilar partiyasini (KIP/PKK) avvalroq tarqatib yuborilganini va qurolsizlanganligini e’lon qilgan edi. Turkiya va KIP/PKK o‘rtasidagi ziddiyat 1984 yildan beri davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Turkiya sanktsiya Rajab Toyib Erdo'g'an Turkiy davlatlar tashkiloti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing