Erdo‘g‘an AQSHni terrorchilarga homiylik qilishda aybladi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an G‘arb davlatlarini terrorizmga qarshi kurash masalasida aniq pozitsiyani egallashga chaqirdi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.

“Turkiya bilan, shu jumladan, NATO doirasidagi hamkorlikni davom ettirishga intilayotganlar terrorchilarni qo‘llab-quvvatlamasliklari kerak”, degan Erdo‘g‘an.

Prezident Turkiyaning antiterror operatsiyalariga AQSHning noxolis munosabatiga e’tibor qaratdi. 

“Qanday bo‘lyapti? Siz PKK, YPG va PYD terrorchilarini qo‘llab-quvvatlamasligingizni bildirgandingiz. Siz ularni nafaqat qo‘llab-quvvatlayapsiz, balki ularga homiylik ham qilyapsiz”, degan Turkiya yetakchisi.

Prezident Iroq shimolida o‘ldirilgan turk fuqarolarining qoni terrorchilarga homiylik qiladigan, ularni qo‘llab-quvvatlaydigan va ularga hamdard bo‘lgan har bir kishining qo‘lida, deya ta’kidladi.

Erdo‘g‘an PKK terroristik tashkiloti jangarilari tomonidan Iroqning shimolida sodir etilgan yana bir xunrezlik – Turkiyada turli yillarda terrorchilar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan 13 nafar tinch aholining o‘ldirilishiga e’tibor qaratdi.

Erdo‘g‘anning ta’kidlashicha, Turkiya hukumati bu odamlarni ozod qilish rejasini uzoq vaqt ishlab chiqqan, ularning ba’zilari besh hatto olti yil oldin o‘g‘irlab ketilgan va bir kun oldin Pençe Kartal-2 (burgut panjasi) operatsiyasi oldidan Iroqning Gara mintaqasida PKK terrorchilari tomonidan o‘ldirilgan.

Prezident 10 fevraldan beri davom etayotgan operatsiyaning birinchi bosqichida Turkiya Qurolli Kuchlari Iroq shimolida o‘nlab terrorchilarni yo‘q qilgan.

“Turkiya armiyasining qudrati kun sayin o‘sib bormoqda va na terrorchilar, na Anqara raqiblarining “piyodalari” bunga qarshi tura olmaydilar. Turk Qurolli Kuchlari mamlakat va xalq kelajagi yo‘lida vaqt va makondan qat’i nazar mustaqil ravishda operatsiyalarni amalga oshiradigan darajaga etganidan faxrlanamiz”, deya ta’kidlagan Erdo‘g‘an.

Prezidentga ko‘ra, Turkiya fuqarolarining o‘ldirilishi ortidan Anqaraning Iroq va Suriyadagi aksilterror operatsiyalariga hech kim qarshilik bildira olmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

terrorchilik Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

168

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing