Erdo‘g‘an AQSHda! Shov-shuvli maktub egasiga qaytarildi
Olam
−
14 noyabr 2019
6706Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an AQSH Prezidenti Donald Tramp taklifi bilan Amerikaga tashrif buyurdi. Oq uyda ikki davlat rahbari uchrashuvi o‘tkazildi.
Amerika Prezidenti Tramp matbuot anjumani vaqtida Oq uyda Erdo‘g‘an bilan ajoyib va juda sermahsul uchrashuv o‘tkazganini ta’kidladi. Shuningdek, Tramp rasmiy Anqaraning Rossiyadan S-400 zenit-raketa majmuasi sotib olishi bo‘yicha yuzaga kelgan kelishmovchilikka oqilona yechim topishga umid bildirgan.
Bundan tashqari, AQSH yetakchisi Yevropa suriyalik qochoqlar uchun Turkiyaga ko‘proq pul to‘lashi kerakligini qo‘shimcha qildi.
“To‘g‘risini aytganda, Yevropa buning uchun sezilarli darajada ko‘proq to‘lashi kerak. Ayni vaqtda Turkiya bu xarajatlarning katta qismini qoplayapti”, dedi Tramp.
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Donald Tramp bilan uchrashuvdan keyin Amerikai yetakchisining shov-shuvlarga sabab bo‘lgan maktubini o‘ziga qaytarganini ma’lum qildi.
Tramp uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida Erdo‘g‘anga minnatdorlik bildirdi.
“Erdo‘g‘anning muxlisiman. Turkiya NATOda AQSHdan keyin eng kuchli ikkinchi armiyadir”, dedi Tramp.
F-35 qiruvchi samolyoti bo‘yicha delegatsiyalar juda samarali uchrashuvlar o‘tkazganini ta’kidlagan Tramp ikki davlat orasidagi savdo aylanmasini 100 mlrd dollarga yetkazish haqida ko‘rsatma berganini ta’kidladi.
Erdo‘g‘anning AQSHga tashrifi va Tramp bilan matbuot anjumanida qatnashishi ma’lum vaqt davom etgan siyosiy kelishmovchiliklar ortidan yuz berdi.
Dastlab oktyabr oyida Tramp Erdo‘g‘anga davlat yetakchilarining o‘zaro muloqot etikasiga umuman to‘g‘ri kelmaydigan jumlalar bitilgan maktub yo‘lladi. Unda “aytganidan qolmaydigan qaysar yigit bo‘lmang. Ahmoqlik qilmang!” kabi jumlalar yozilgandi.
Shundan so‘ng, Turkiya Suriya shimoli-sharqida kurd otryadlariga qarshi harbiy harakat boshladi. AQSH esa Turkiyani bundan qaytarish uchun unga sanksiya joriy qildi. Keyinroq Turkiya va AQSH o‘zaro kelishuvga erishdi. AQSH esa sanksiyalarni bekor qildi.
LiveBarchasi