Erdo‘g‘an AQSHda Bayden bilan nimani gaplashishi ma’lum bo‘ldi
Olam
−
06 aprel
7321Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an AQSH rahbari Jo Bayden bilan joriy yilning may oyi boshiga mo‘ljallangan AQSHga tashrifi chog‘ida Ukraina inqirozi va G‘azo sektori atrofidagi vaziyatni muhokama qiladi. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan 5 aprel kuni Bryusseldagi bayonotida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zaro muzokaralar davomida ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikka alohida e’tibor qaratiladi. G‘azo va Ukraina inqirozi masalasi kun tartibidagi asosiy mavzu bo‘ladi.
"Bu ikki urush mintaqamizga ta’sir qiladi, global inqirozni qo‘zg‘atadi va boshqa xavf zonalarini yaratadi. Prezidentimiz bundan buyon ham ushbu muammolarga e’tibor qaratadi va bunga befarq emasligimizni ko‘rsatadi", degan Fidan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 9 may kuni AQSHga borib, u yerda amerikalik mavqedoshi Jo Bayden bilan muzokaralar o‘tkazishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi