Erdo‘g‘an 15 kun ichida Damashqqa borishi mumkin

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 15 kun ichida Suriya poytaxti Damashqqa tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda “Türkiye” nashri xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, Suriya poytaxtida Erdo‘g‘anning qo‘shni mamlakatning yangi hokimiyati, xususan, ularning yetakchisi Ahmad ash-Sharo (Abu Muhammad al-Jo‘loniy nomi bilan tanilgan) bilan uchrashuvi rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, Erdo‘g‘anning Suriyaga parvozi davomida favqulodda havo yo‘lagi yaratiladi va Hama, Homs va Idlib chizig‘i bo‘ylab “yer usti qalqoni” tashkil qilinadi. Bu hududlarda turk radar tizimlari faollashtiriladi.

Hozircha Turkiya hukumati nashr xabarini tasdiqlamagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Rajab Toyib Erdo‘g‘an mamlakatning Sakarya shahrida o‘tkazilgan yig‘ilishda Turkiya oldinlari Usmonli viloyatlari bo‘lgan hozirgi Suriya hududlari bilan tarixiy va madaniy bog‘liqligini va yaqin aloqalarni saqlab kelayotganini ta’kidlagan edi. Shuningdek, Bashar Asad rejimi ag‘darilishi ortidan Suriya poytaxti Damashqdagi Turkiya elchixonasida 12 yillik tanaffusdan keyin o‘z faoliyatini qayta boshlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Damashq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing