Erdo‘g‘an ham koronavirusga qarshi emlandi
Olam
−
14 yanvar 2021
4239Bugun, 14 yanvar kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda Prezident o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
“Men ham emlandim”, degan Erdo‘g‘an.
Erdo‘g‘an mamlakatda ommaviy tarzda boshlangan koronavirusga qarshi emlash jarayoni haqida ham ma’lumot berib o‘tgan.
“Muvaffaqiyatli davom etayotgan emlash dasturimiz doirasida 254 ming tibbiyot xodimi birinchi doza vaksina bilan emlandi. Men ularga qo‘shilib, emlandim”, degan Prezident.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyada Xitoyning Sinovac Biotech kompaniyasi ishlab chiqargan koronavirusga qarshi CoronaVac vaksinasi favqulodda ro‘yxatdan o‘tkazilgandi. Shundan so‘ng mamlakatda aholini koronavirusga qarshi emlash boshlandi.
Ma’lumot o‘rnida, Turkiyada koronavirusga chalinganlar 2,36 mlndan oshgan. 2,23 mln kishi sog‘aygan va 23 ming 325 kishi vafot etgan.
LiveBarchasi