Erdo‘g‘an hali saylanishi noaniq bo‘lgan Putinning yo‘liga ko‘z tikyapti

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an mamlakatda joriy yilning 31 martiga belgilangan mahalliy hokimliklar uchun saylovlardan so‘ng Rossiya Federatsiyasi rahbari Vladimir Putin va Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisining tashrifiga umid qilmoqda. Bu haqda “A Haber” telekanali xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Putin va as-Sisining tashriflari aprel oyida bo‘lishi mumkin. May oyida Erdo‘g‘an o‘tgan yilgi Afinaga (Gretsiya) safaridan so‘ng javob tashrifi bilan keladigan Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakisni qabul qilishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, aprel oyi oxirida Turkiya rahbarining 12 yil ichida Iroqqa ilk safari rejalashtirilgan. 

Erdo‘g‘an joriy yilning 12 mart kuni Turkiyada bo‘lib o‘tgan shahar hokimligiga saylovlardan so‘ng Ramazon oyida an’anaviy iftorlik dasturxonida Putinning tashrifini e’lon qildi va u yerda xorijiy elchilarga murojaat qildi. Qayd etilishicha, agar bu tashrif amalga oshsa, liderlar mintaqaviy vaziyat, Qora dengizdagi don koridori, Ukraina mojarosi, energetika va Yaqin Sharq masalalarini muhokama qiladi. 

Avvalroq Rossiya Federatsiyasi rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarning savoliga javob berar ekan, Putinning Turkiyaga tashrifining aniq sanalari hali aniqlanmaganini va bu haqda diplomatik kanallar orqali zudlik bilan kelishib olinishini aytgan edi.

Bugun, 17 mart kuni Rossiyada prezident saylovi boshlandi. Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya qamoqxonasida vafot etgan muxolifatchi Aleksey Navalniyning bevasi Yuliya Navalnaya G‘arb davlatlarini Rossiyada bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari natijalarini tan olmaslikka va Vladimir Putinni Rossiyaning beshinchi muddatga saylanadigan Prezidenti sifatida qabul qilmaslikka chaqirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Vladimir Putin Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing