Er sayr vaqtida xotinini 11 marta pichoqladi
Olam
−
01 Oktabr 2019
8898Ko‘lobda bir kishi bog‘da sayr qilayotganda xotinini 11 marta pichoqladi. Bu haqda Tojikiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa kecha, 30 sentyabr kuni tushda, yaqinda ochilgan Saydali Valisod bog‘ida yuz bergan. Jinoyatchi xotinini rashk tufayli yaralagan.
Erkak voqea joyidan qochib ketgan, ammo bir muncha vaqt o‘tgach, uni militsiya xodimlari qo‘lga tushirgan.
Hujum natijasida ayol og‘ir tan jarohatlari oldi, kasalxonaga yotqizildi, ammo keyinroq vafot etgan. Qo‘lga olingan shaxsga nisbatan Respublika Jinoyat kodeksining 32-moddasi ("Jinoyatga urinish") va 104-moddalari ("Qotillik") bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Agar erkak aybdor deb topilsa, 15 yildan 25 yilgacha yoki umrbod qamoq jazosi kutilmoqda.
Xuddi shunday hodisa avgust oyida Istaravshan shahrida ham bo‘lgan. O‘shanda erkak rashkdan kelib chiqqan holda taksida xotiniga 10 pichoq bilan jarohat yetkazgan va ayolning o‘limiga sabab bo‘lgan.
Xalqaro inson huquqlari himoyachilarining 2017 yilda e’lon qilgan hisobotiga ko‘ra, Tojikistonda har ikkinchi ayol oilaviy zo‘ravonlikka duchor bo‘ladi.
Biroq, bu jismoniy, psixologik yoki iqtisodiy zo‘ravonlik shaklida bo‘lishi mumkin. 2018 yilda Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada tojikistonlik ayollarning 90 foizi o‘z erlaridan qo‘rqishini aytdi.
LiveBarchasi