O‘shlik erkak xotinini ayovsiz kaltaklab, pichoqladi
Olam
−
17:33 3750 1 daqiqa
Bugun, 24 yanvar kuni Qirg‘izistonning O‘sh shahridagi ko‘p qavatli uylardan birining hovlisida mast erkak xotinini kaltaklab, qorniga pichoq sanchdi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, voqea erta tongda taxminan soat 4:00 atrofida sodir bo‘lgan. Bu haqda “24kg” xabar berdi.
Qayd etilishicha, ayol og‘ir ahvolda shifoxonaning reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Qo‘shnilar er-xotinning ikki nafar farzandi borligini bildirgan. Holat yuzasidan O‘sh viloyati Ichki ishlar departamenti matbuot xizmati rasmiy izoh bergan.
Unga ko‘ra, soat taxminan 5:00 da Ok-Buura tuman militsiya bo‘limiga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan 1999 yilda tug‘ilgan ayol tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketilgani haqida xabar tushgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ayol eridan qochishga uringan paytda jarohat olgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari mast holatdagi 32 yoshli erkakni tezda qo‘lga olgan.
Jabrlanuvchi hozirda shifoxonada. Shifokorlar uning ahvolini qoniqarli deb baholamoqda. Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda. Shuningdek, sodir bo‘lgan voqea yuzasidan O‘sh viloyati Ichki ishlar departamenti matbuot xizmati qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq xotinini to‘yga yubormaslik uchun yerto‘laga qamab qo‘ygan sobiq harbiy qamalgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi