Er nega o‘z turmush o‘rtog‘ini zanjirband qildi? Zangiotadagi voqea tafsilotlari (video)

Jamiyat

Avvalroq, Toshkent viloyati Zangiota tumanida er o‘z uyida turmush o‘rtog‘ini zanjirband qilib majburan ushlab turgani haqida xabar bergan edik.

Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati ushbu xabarlar yuzasidan “Toshkent” telekanali bilan hamkorlikda to‘liq tafsilotlarni ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 sentyabr kuni fuqaro M.A. Zangiota tumani Ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilib, kuyovi A.T.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan. Murojaat mazmuniga ko‘ra, A.T. 2019 yilning 23-26 sentyabr kunlari o‘zining xonadonida, turmush o‘rtog‘i D.T.ning noqonuniy tarzda oyog‘ini zanjir bilan bog‘lab qo‘yib, ushlab turganligi ma’lum qilingan.

Ushbu murojaat Zangiota tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor o‘rganish maqsadida, A.T. xonadoniga borildi. O‘rganish davomida D.T. olgan tan jarohatlari yuzasidan sud tibbiy ekspertiza ko‘rigi o‘tkazildi. Zangiota tuman sud tibbiy ekspertizaning 2019 yil 30 sentyabr kunidagi ma’lumotnomasida, D.T.ning jarohatlari, og‘irlik darajasi bo‘yicha sog‘lig‘ining qisqa muddatga buzilishiga sabab bo‘lgan yengil tan jarohatlar toifasiga kirishi ko‘rsatilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro A.T.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Zangiota zanjirband

Baholaganlar

377

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing