“Er-xotinning ajrimi uchun 1 oy qolgandi”. Namangandagi qotillik bo‘yicha yangi tafsilotlar berildi

Jamiyat

image

Namangan davlat universiteti oldida erkak xotinini o‘ldirib, keyin o‘z joniga qasd qilgandi. Oilani ajrashishi uchun sud 6 oy muhlat bergani va hozirgacha 5 oy o‘tgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi xabar qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, vafot etgan ayol 2019 yil 15 sentyabr kuni turmushga chiqqan. Oilaning 1 nafar farzandi bo‘lgan. Kelishmovchiliklar sababli ayol ota uyiga ketib qolgan. 2022 yil aprel oyida ushbu oila yarashtiriladi. 

Keltirilishicha, ma’lum muddatdan so‘ng yana oiladagi nizolar ortib borgan. Juda ko‘p murojaatlardan so‘ng ikkala mahalla faollari ajrimga xulosa berishga majbur bo‘lgan. Oilani tiklash imkoni bo‘lmagani uchun sudga murojaat qilingan. Shundan so‘ng sud ajrim uchun 6 oy muhlat bergan va hozirgacha 5 oy o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 6 may kuni soat 12:00 da Namangan davlat universiteti oldida 26 yoshli erkak o‘zining 23 yoshli turmush o‘rtog‘ini xo‘jalik pichog‘i bilan qasddan o‘ldirgandi. Erkak turmush o‘rtog‘ini o‘zi bilan birga yashashga majbur qilib, asossiz rashq qilib kelgan holda janjallashib kelgan. 

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi protsessual tartibda ushlangan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Namangan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing