Epshteynning o‘lim oldidan yozgan maktubi ochildi
Olam
−
01 may 11900 2 daqiqa
AQSHda jinsiy jinoyatlarda ayblangan Jeffri Epshteynning kameradoshi Nikolas Tartalone uning o‘limidan oldin yozilgan deb taxmin qilinayotgan maktub mazmuni haqida ma’lumot berdi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Tartalone 2019 yil iyul oyida yozuvni topgan. O‘sha vaqtda Epshteyn bo‘ynida izlar bilan hushsiz holda topilgan edi. Keyinchalik, u boshqa bo‘limga o‘tkazilgan va o‘z joniga qasd qilish xavfi sabab qisqa vaqt kuzatuvga olingan. Ushbu yozuv hozirgacha sir saqlanib kelgan va taxminan 7 yil davomida yashirin saqlangan.
Epshteyn dastlab qamoqxona xodimlariga bo‘ynidagi qizil izlar haqida gapirganda, unga Tartalone hujum qilganini aytgan va o‘zida o‘z joniga qasd qilish niyati yo‘qligini bildirgan. Biroq, bir haftadan so‘ng, u Tartalone bilan muammosi yo‘qligini va u bilan bir kamerada o‘zini xavfsiz his qilganini aytgan.
Tartalone keyingi telefon suhbatlarida yozuvni qanday topganini batafsil tushuntirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Epshteyn boshqa blokka ko‘chirilgach, u o‘z kamerasidagi kitob ichidan yashirilgan yozuvni topgan.
“Men kitobni o‘qish uchun ochdim va yuridik yozuvlar uchun mo‘ljallangan daftardan yulib olingan sariq rangli qog‘oz parchasi edi. Yozuvda tergovchilar Epshteyn ishini bir necha oy davomida o‘rganishgan va “hech narsa topishmagan” deb aytilgan. Shuningdek, Epshteyn “Ular mendan nima qilishimni xohlashadi — yig‘lab yuboraymi? Xayrlashish vaqti keldi” mazmundagi yozuvlar ham bor”, degan Tartalone.
Tartalone bu yozuvni advokatlariga topshirganini aytgan, chunki u Epshteyn uni ayblashda davom etsa, bu hujjat himoya sifatida kerak bo‘lishi mumkin edi. Keyinchalik yozuvning haqiqiyligini tekshirish uchun qo‘l yozuvi ekspertlari ham jalb qilingan.
Bu yozuv federal sud tomonidan alohida jinoyat ishida maxfiylashtirilgan. Tartalone advokatlari yozuvni haqiqiy deb tasdiqlagan, biroq qanday asosda ekani ochiqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Epshteyn bir necha yil davomida London markazida ko‘plab kvartiralarni ijaraga olgan va u yerda jinsiy zo‘ravonlikka uchragan ayollarni joylashtirgani xabar qilingandi.
Live
Barchasi