Epshteyn tirik ekani aytilmoqda

Olam

image
Epshteyn fayllarida paydo bo‘lgan o‘zbekistonlik qiz kim? north_east

Epshteyn fayllarida paydo bo‘lgan o‘zbekistonlik qiz kim?

Internetda Jeffri Epshteyn tirik bo‘lishi mumkinligi haqidagi nazariya tarqaldi. Bu haqda “Primetimer” nashri xabar berdi.

Bunga go‘yoki u bilan bog‘liq bo‘lgan Fortnite akkauntining faolligi sabab bo‘lgan. Gap littlestjeffi taxallusi bilan ochilgan profil haqida ketmoqda. Ma’lumotga ko‘ra, ushbu akkaunt 2019 yildan keyin Isroil hududida faol bo‘lgan bo‘lishi mumkin. 

Xabarlarga ko‘ra, Epshteyn ishi bo‘yicha fayllarning yangilangan versiyalarida ushbu foydalanuvchi nomining moliyachi bilan bog‘liqligi haqida eslatmalar mavjud. Bu bog‘liqlik turli raqamli izlar, jumladan, YouTube’dagi obunalar orqali aniqlangan. Internetdagi qiziqish kuchayganidan so‘ng xabarlarga ko‘ra, mazkur profil yopiq rejimga o‘tkazilgan.

Shu bilan birga, rasmiy hujjatlarda Jeffri Epshteyn 2019 yil 10 avgust kuni Nyu-Yorkdagi qamoqxonada vafot etgani qayd etilgan. Ayrim da’volarga ko‘ra, littlestjeffi profilining mavjudligi va so‘nggi kunlardagi faolligi bu ma’lumotlarga shubha uyg‘otmoqda.

Epshteyn ishi bo‘yicha fayllarning so‘nggi yangilanishlarida ilgari e’lon qilinmagan materiallar chop etilgan. Ular orasida Epshteynning jasadi tasvirlangan suratlar, sud-tibbiy ochish hisobotlari, psixologik xulosalar hamda qamoqxona ichki hujjatlari mavjud.

Tahlilchilarga ko‘ra, internetda tarqalgan bu da’volar haqiqatga yaqin emas, lekin Epshteynning egizagi ham bo‘lishi mumkin. Yana ba’zi birlar qamoqda Epshteynning o‘zi emas, uning qiyofadoshi yoki yaqin qarindoshi o‘lganini aytmoqda. 

Ma’lumot uchun, Jeffri Epshteyn – amerikalik moliyachi, investitsiya bankiri va tadbirkor. 2019 yilda u hibsga olingan va voyaga yetmaganlarni jinsiy ekspluatatsiya qilish maqsadida odam savdosi bilan shug‘ullanganlikda ayblangan. Tergov materiallariga ko‘ra, Epshteyn bolalarni fohishalikka jalb etishning butun bir tizimini yaratgan.

Shuningdek, OAVda Jeffri uyushtirgan maxsus yopiq kechalar haqida ma’lumotlar tarqalgan. Ushbu shov-shuvli ish fonida ayrim siyosatchilar va shou-biznes yulduzlarining u bilan yaqin aloqalari va mojaroli tadbirlardagi ishtiroki haqida ham xabarlar paydo bo‘lgan.

Biznesmenga 40 yildan ortiq qamoq jazosi tahdid qilayotgan edi, biroq hibsga olinganidan bir oy o‘tib Epshteyn o‘z kamerasida hushsiz holatda topilgan. Keyinchalik u vafot etgan. Rasmiy versiyaga ko‘ra, Jeffri o‘z joniga qasd qilgan. Norasmiy versiyaga ko‘ra, u Trampning buyrug‘i bilan yo‘q qilingan. 

Boshqa foydalanuvchilar esa uning hayotlik davridagi va o‘limidan keyingi suratlarini solishtirib, burun, quloq va qosh shakllari bir-biridan farq qiladi, degan xulosaga kelishgan.

Bundan tashqari, yaqinda e’lon qilingan hujjatlarda Nyu-Yorkdagi Metropoliten jazoni ijro etish markazi xodimining xabari ham paydo bo‘lgani aytilmoqda. Aynan shu qamoqxonada Epshteyn saqlangan edi. Qizig‘i shundaki, xabar moliyachining vafot etgan kuni – 2019 yil 10 avgustda yozilgan. Xodim anonim tarzda qamoqxonaga davlat raqamisiz furgon kelgani, unga nosilkada mahbus olib kirilib, jasad almashtirilgan bo‘lishi mumkinligini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jeffri Epshteyn

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing