Epidemiologik vaziyat yomonlashgan hududlar toifasi qayta ko‘rib chiqiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda hududlar qaytadan toifalarga ajratiladi. Tez orada O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining tegishli qarori ham e’lon qilinadi. Bu Haqda bugun, 26 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishi vaqtida aytib o‘tdi.

“Bugungi kunda 40 ta tuman (shahar) “qizil”, 45 tasi “sariq” hudud sifatida qolmoqda. Eng tashvishlisi, o‘tgan 10 kunda aholi o‘rtasida kasallanganlar soni ham oshib bormoqda. Jumladan, Navoiyda 57 ta, Samarqandda 73 ta, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 114 ta shunday holat aniqlangan.

Ayniqsa, bozorlar, savdo komplekslari, banklarda ijtimoiy masofaga amal qilmaslik, ko‘cha-ko‘yda tibbiy niqob taqmaslik, bemalol va xotirjam bo‘lib, uylarda turli tadbirlar o‘tkazish holatlari ko‘paymoqda.

Bunday salbiy holatlar kasallikni aniqlash, oldini olish va davolash uchun qilayotgan barcha harakatlarimiz, byudjetdan olinayotgan trillionlab xarajatlarimiz natijadorligini yo‘qqa chiqarishi mumkin.

Respublika komissiyasi viloyat hokimlari bilan birga bir kun muddatda epidemiologik vaziyat yomonlashgan hududlarning toifasini qayta ko‘rib chiqsin hamda karantin choralarini kuchaytirish bo‘yicha taklif kiritsin.

Sog‘liqni saqlash vazirligi “qizil” va “sariq” hududlarda kunlik test olish sonini oshirishi lozim. Bunda tibbiyot muassasalari, bozorlar, banklar va aholi ko‘p joylarda nazorat testlar olishni ko‘paytirsin”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Darhaqiqat, so‘nggi kunlarda aholi orasida koronavirusga chalinish holatlari ko‘paydi. Xususan, "yashil" hudud hisoblangan Izboskan tumanida ham bir kishida koronavirus aniqlandi. Ahamiyatlisi shunga qarama oradan ikki kun o‘tib, tuman hokimligi tashabbusi bilan aholi orasida ommaviy yurish tadbiri o‘tkazildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

184

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing