Epica bilan to‘qnashgan Lacetti yonib ketdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 12 fevral kuni Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida Lacetti va Epica rusumli avtomobillar to‘qnashuvishi avtomobillardan biri yonib ketdi.

YHXXning ma’lum qilishicha, YTH soat 23:00 larda shaharning A.Navoiy va Furqat ko‘chalari kesishgan chorrahada yuz bergan. Haydovchi, 2001 yilda tug‘ilgan J.G‘. boshqaruvidagi Lacetti rusumli hamda haydovchi, 1977 yilda tug‘ilgan D.N. boshqaruvidagi Epica rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. To‘qnashuv natijasida Lacetti avtomobili haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilgan. Shundan so‘ng avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Hodisa natijasida, ikkala haydovchi va Lacetti avtomobilida bo‘lgan yo‘lovchi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Chirchiq

Baholaganlar

68

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing