Entoni Joshua Nigeriyada dahshatli avtohalokatga uchradi (video)
Sport
−
29 dekabr 2025 15367 1 daqiqa
Bugun, 29 dekabr kuni WBO, WBA va IBF yo‘nalishlari bo‘yicha sobiq jahon chempioni bo‘lgan britaniyalik bokschi Entoni Joshua Nigeriyada avtohalokatga uchradi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, 36 yoshli bokschining ahvoli yaxshi. Yo‘l-transport hodisasi Ogun–Lagos shossesida sodir bo‘lgan. Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, Joshua yuk mashinasiga borib urilgan avtomobilning orqa o‘rindig‘ida bo‘lgan.
Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, yana ikki kishiga ziyon yetmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Joshuaning Ogun shtatida joylashgan Shagamu shahrida qarindoshlari bor.
Ma’lumot uchun, Entoni Joshua 20 dekabr kuni Mayamida bo‘lib o‘tgan boks jangida bloger Jeyk Polni mag‘lub etgandi. Britaniyalik bokschining professional faoliyatida 29 ta g‘alaba va 4 ta mag‘lubiyat bor. U Daniel Dyubua, Endi Ruiz va ikki bor Aleksandr Usikka yutqazgan.
Live
Barchasi