Enrike Iglesias jiddiy kasallikka chalinganini aytdi

Madaniyat-san’at

image

Enrike Iglesias pnevmoniyaga chalingani va shu tufayli 13 may kuni Meksikada o‘tkazilishi rejalashtirilgan konsertini bekor qilganini aytib o‘tdi. U bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozar ekan, buning uchun tomoshabinlardan uzr so‘ragan.

Joriy yilning aprel oyi oxirida Enrike 13 may kuni Meksikada konsert berishini e’lon qilgan edi. Tadbir uchun esa barcha chiptalar sotilgan. Ammo so‘nggi daqiqada qo‘shiqchi uni bekor qilishga majbur bo‘lgan. 

“Hurmatli muxlislar, bugun kechqurun Meksikadagi konsertda ishtirok eta olmasligimdan juda afsusdaman. Menda pnevmoniya bor, shifokorlar to‘liq dam olishni maslahat berdi va samolyotga chiqishni taqiqladi. Ochig‘i, bu shouning bekor qilinishi, menga juda ko‘p narsalarni bergan mamlakatda nimani anglatishini tushunaman. Tez orada tuzalib, muxlislar oldiga ajoyib formada qaytishimga umid qilaman. Ming bor uzr so‘rab, barcha muxlislarimni quchib qolaman”, deb yozdi Iglesias ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, 1975 yilda dunyoga kelgan Enrike mashhur ispaniyalik xonanda Xulio Iglesiasning 3-farzandi hisoblanadi. 1995 yilning 21 noyabr kuni uning ilk “Enrike Iglesias” deb nomlangan debyut albomi chiqqan va tez fursatda Ispaniya, Portugaliya hamda Italiyada katta shuhrat qozongan. Albom Enrikega “Gremmi” mukofotini olib kelgan. E’tiborli jihati, bu o‘sha paytda ingliz tilida bo‘lmagan albom uchun eng yaxshi natija edi. 

Katta mashhurlik olib kelgan “Bailamos” qo‘shig‘i sababli Iglesias ko‘plab mukofotlarni qo‘lga kiritgan.

U 2002 yilda “Escape” qo‘shig‘iga klip suratga olish paytida rossiyalik tennischi Anna Kurnikova bilan tanishgan va ma’lum muddatdan so‘ng oila qurgan. 2017 yil 16 dekabrda Enrike va Anna Nikolay va Lyusi ismli egizak farzandli, 2020 yilning  30 yanvar sanasida Mariya ismli qizchaning ota onasi bo‘lgan.

Sevara Azimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

kasallik Meksika Enrike Iglesias

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing