O‘zbekistonning qaysi hududida maoshlar eng yuqori?
Jamiyat
−
28 Oktabr 2022
18534Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston hududlari kesimida aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmi bo‘yicha Toshkent va Navoiy yetakchilik qilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.
2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmida Toshkent shahrida (26 mln 905,4 ming so‘m) hamda Navoiy (20 mln 148,6 ming so‘m), Buxoro (15 mln 511,7 ming so‘m), Xorazm (14 mln 193,8 ming so‘m) va Toshkent (13 mln 284,3 ming so‘m) viloyatlarida o‘rtacha respublika darajasidan yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilganligi kuzatilgan.
2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida, aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmining eng quyi ko‘rsatkichlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida (9mln 347,8 ming so‘m), Farg‘ona (9 mln 720,7 ming so‘m), Namangan (10 mln 87,7 ming so‘m), Jizzax (10 mln 575,1 ming so‘m) viloyatlarida qayd etildi.
2022 yilning yanvar-sentyabr holatiga hamda 2021 yilning yanvar-sentyabr holatiga ko‘ra aholi jon boshiga umumiy daromadlarning real o‘sishi 108,4 foizni tashkil etgan.
LiveBarchasi