Eng yomoni – “galstuk taqqan terrorchilar” bilan kurashish – Erdo‘g‘an

Olam

image

Turkiya o‘z do‘stlaridan nafaqat qoralashni, balki terrorizmga qarshi kurashda "aniq qadamlar"ni ham kutmoqda. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Davlat kengashi o‘quv markazining ochilish marosimida aytib o‘tdi. 

Turkiya rahbari terror tashkilotlarning yetakchilariga qarshi dalillar mavjud bo‘lishiga qaramay, hech qanday qadam tashlamayotgan davlatlarning pozitsiyasini tanqid qildi. 

“Biz minglab o‘g‘illarimizni terrorga qurbon qilgan xalq sifatida qotillarga nisbatan bag‘rikenglikni tushuna olmaymiz”, deydi Erdo‘g‘an. 

Prezident eng qiyini "galstuk taqqan terrorchilar"ga qarshi kurashish ekanligini aytdi.

Uning fikricha, terrorizmga qarshi kurashda muvaffaqiyatga erishish uchun hamdardlik telegrammalari yetarli emas. 

“Ta’ziya telegrammalari muhim ekaniga shubha yo‘q. Ammo, bu mamlakatimiz terrorizmga qarshi kurashda muvaffaqiyatga erishish uchun yetarli emas”, deya aniqlik kiritdi u. 

1 oktyabr kuni Anqarada sodir bo‘lgan teraktga to‘xtalib o‘tgan Erdo‘g‘an, politsiyaning samarali aralashuvi tufayli terrorchilar yo‘q qilinganini aytdi. 

“Biz har jihatdan shafqatsiz va tajovuzkor terror tashkiloti bilan kurashyapmiz. Agar terrorchilar zararsizlantirilmaganida, ular xorijga qochib, siyosiy qochqinga aylangan bo‘lar edi. Biz qoralashlar bilan birga do‘stlarimizdan aniq qadamlar kutamiz”, deydi Turkiya rahbari.

Eslatib o‘tamiz, 1 oktyabr kuni tongda Anqaradagi Turkiya Ichki ishlar vazirligining Xavfsizlik bosh boshqarmasida terakt sodir etishga urinish bo‘ldi. Ikki erkak mashinada bino oldiga borgan. Ulardan biri o‘zini portlatib yuborgan, ikkinchi terrorchi otib o‘ldirilgandi. 

Shundan so‘ng, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an mamlakatning tinchlik va xavfsizligini buzishga urinayotgan terroristlar hech qachon maqsadlariga erisha olmasligini aytib chiqdi. Kurdiston ishchilar partiyasi terrorchi tashkiloti mazkur terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing