Eng uzun soqolli ayol Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi (foto)

Bu qiziq

doc_2023-08-12_15-11-10

Dunyo ayollari ichida eng uzun soqolga ega bo‘lgan amerikalik Erin Xonikatt Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda tashkilotning rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, Michigan shtatida yashovchi ayol kuniga uch marta soqol olishga majbur bo‘lgan, ammo keyinchalik bu ishni to‘xtatganidan so‘ng dunyodagi eng uzun soqolli ayolga aylangan. Gap shundaki, 38 yoshli Xonikatt polikistik tuxumdon sindromiga chalingani sababli g‘ayritabiiy uzun soqolga ega.

Xonikatt 13 yoshidan boshlab soqolini qirib tashlash, mum yordamida tag-tomiri bilan yulish, maxsus tibbiy vositalardan foydalanish orqali uning o‘sishiga qarshi kurashgan, ammo foydasi bo‘lmagan. 

“Men kuniga kamida uch marta soqolimni olardim”, deydi u. 

Keyinroq Xonikatt o‘zining soqol olishdan charchaganini his qilgan va turmush o‘rtog‘ining taklifi bilan soqolini o‘stira boshlagan. 

U 2023 yilning 8 fevralida 30 santimetr soqol bilan amerikalik boshqa bir ayol, 75 yoshli Vivian Uilerning rekordini (25,5 santimetr) yangilagan. 

Polikistik tuxumdon sindromi Xonikattning sog‘lig‘idagi yagona muammo emas. Gap shundaki, u avvalroq oyog‘idagi jarohatini davolatish uchun shifoxonaga yotgan vaqtida bakterial infeksiyani yuqtirib olgan va oqibatda sepsis va gangrena ortidan bir oyog‘idan ayrilgan. Keyinroq qon bosimining yuqoriligi sababli insultga chalinib, ko‘rish qobiliyatini ham yo‘qotgan. 

Xonikattning so‘zlariga ko‘ra, u o‘zining og‘ir tibbiy muammolari haqidagi salbiy fikrlarini butunlay unutgan, chunki u bunday sinovlar qarshisida hayotga nisbatan ijobiy qarashlarini saqlab qolgan. 

“Shifokorlar menga yaxshi narsalarni o‘ylasam, 3 foiz tezroq sog‘ayishimni aytishgan”, deydi u. 

Shunga qaramay, u o‘zi uyaladigan nuqson bilan rekordlar kitobiga kirgani quvonarli holat ekanini ta’kidlaydi. 

“Men hech qachon rekordlar kitobiga kirishimga sabab bo‘ladigan biror natijaga erishaman deb o‘ylamagandim. Va buning e’tirof etilishi juda yoqimli”, deydi Xonikatt.


Maqola muallifi

Teglar

rekord soqol Ginnes

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing