Eng mushuksevar davlatlar reytingi e’lon qilindi

Bu qiziq

image

Rossiya eng ko‘p uy mushuklari yashaydigan mamlakatlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. Mamlakatda xonadonlarning 59 foizida kamida bitta mushuk bor va bu reytingga kiritilgan mamlakatlar orasidagi eng yuqori ko‘rsatkich. Bu haqda Indoneziyaning “Seasia Stats” tahliliy platformasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, yuqori ko‘rsatkichlar Ruminiya, Polsha, Latviya va Vengriyada ham qayd etilgan. So‘nggi yillardagi eng diqqatga sazovor jahon tendensiyalaridan biri Janubi-Sharqiy Osiyoda mushuk egalari sonining ortishi bo‘lmoqda. Indoneziyada xonadonlarning taxminan 47 foizida, Filippinda 43 foizida, Tailandda esa 42 foizida mushuklar bor.

Ekspertlarning aytishicha, uy mushuklarining keng tarqalishiga shahar hayotining o‘ziga xos xususiyatlari yordam bermoqda: hayvonlar kichik xonadonlarga va issiq iqlimga yaxshi moslashadi, shuningdek, nisbatan kam e’tibor talab qiladigan uy hayvonlari hisoblanadi.

Mushuklar ommabopligining ortishi, eng avvalo, urbanizatsiya bilan bog‘lanmoqda. Hayvonlarga kamroq maydon talab qilinadi, ular mustaqilroq va o‘rtacha hisobda ularni boqish itlarga qaraganda arzonroqqa tushadi. Pandemiyadan keyingi turmush tarzidagi o‘zgarishlar va masofaviy ishning keng tarqalishi qo‘shimcha omil bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Boliviyaning Yungas o‘rmonlarida olimlar bir asrdan ortiq vaqt davomida fanga noma’lum bo‘lib kelgan yangi mushuk turini aniqlagan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing