Eng mehnatsevar Prezident kimligini bilasizmi? Bu men – Tramp

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp, uni taniganlar “tarixdagi eng mehnatsevar Prezident“ ekanligiga ishonchlari komil ekanini aytdi. Bu haqda Tramp o‘z ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida post qoldirgan.

Tramp ta’kidlashicha, u erta tongdan kechgacha ishlaydi. U ko‘p oylar davomida Oq uyni tark etmaganini aytib o‘tdi.

“Men aniq ayta olmayman, lekin men mehnatkash odamman. Bu lavozimda men dastlabki 3,5 yil ichida tarixdagi boshqa prezidentlarga qaraganda ko‘proq ish qildim. Soxta yangiliklarda bu haqda hech narsa aytilmaydi”, deydi Tramp.

Shuningdek, mamlakat rahbari "The New York Times" gazetasining tanqidi haqida gapirib o‘tdi. U gamburgerni yemasligini va Coca-Colaʼni yotoqda ichmasligini piching bilan ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, "The New York Times" Trampning Oq uydagi odatlari haqida maqola chiqargan, Maqolada aytilishicha, Tramp ko‘p vaqtini ish ofisida emas balkim o‘zining shaxsiy xonasida televizor ko‘rib o‘tkazadi. Shuningdek, u ko‘p gamburger iste’mol qilishi va yotoqda Coca-Cola ichishi haqida ham yozib o‘tilgan. Tramp ushbu “faktlarni“ yolg‘on deb atadi.

 

Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp

Baholaganlar

181

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing