Eng ko‘p sovrin yutgan futbolchi koronavirusga chalindi

Sport

image

“Barselona” himoyachisi Dani Alveshda koronavirus aniqlandi. Bu haqda Kataloniya klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Alveshdan tashqari Klemen Langleda ham koronavirus aniqlangan. Har ikki himoyachi ham bugungi mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuboradi va katta ehtimol bilan 2022 yil 2 yanvar kuni Ispaniya La ligasi dairasida “Malyorka”ga qarshi o‘ynay olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Dani Alvesh joriy yil noyabr oyida “Barselona” bilan mavsum yakuniga qadar shartnoma imzolagan edi. Hozircha 38 yoshli braziliyalik futbolchi “ko‘k-anorranglilar safida rasmiy o‘yinlarda maydonga tushmagan, biroq “Boka Xuniors”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etgan.

Ma’lumot uchun, Dani Alvesh futbol tarixida eng ko‘p jamoaviy sovrin yutgan futbolchi hisoblanadi. U Braziliya terma jamoasi “Sevilya”, “Barselona”, “Yuventus” va PSJ safida 41 ta musobaqada g‘olib bo‘lgan. Shuningdek, avgust oyida Tokio Olimpiadasi oltin yedalini qo‘lga kiritdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Koronavirus Alvesh

Baholaganlar

17

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made