Eng xavfli rus qurollari nomi e’lon qilindi
Olam
−
12 Sentabr 2019
19713S-400 "Triumf" havo mudofaa tizimi, "Bastion-P" qirg‘oqqa qarshi raketa tizimi va "Iskandar" operatsion-taktik kompleksi rus qurolining eng xavfli turi hisoblanadi, deb yozadi Buyuk Britaniyaning “Janes360” nashri Britaniya havo kuchlari boshlig‘ining potensial va jangovar tayyorgarlik bo‘yicha yordamchisi Julian Ballning bayonotiga tayanib.
Ballning so‘zlariga ko‘ra, ular tufayli Rossiya kirish va manevrni cheklash zonalarini (A2 /AD) yaratdi, bu esa Britaniyaning o‘zgaruvchan vaziyatga tezda javob berish qobiliyatiga shubha tug‘dirdi.
Shu bilan birga, Ball bunday cheklovga qarshi sun’iy intellekt yordamida kurashishni, istiqbolli qurol turlarini ishlab chiqishni va urush taktikasini o‘zgartirishni taklif qiladi.
S-400 "Triumf" - zamonaviy uzoq masofaga mo‘ljallangan havo mudofaasi tizimi, shuningdek, havo kemalari, kruiz va ballistik raketalarni, shu jumladan o‘rta masofadagilarni yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan, U yerdan nishonga qarshi ishlatilishi mumkin. Masofasi 400 kilometrni tashkil etadi va 30 kilometr balandlikdagi nishonlarni yo‘q qilishga qodir.
"Bastion"- bu turli sinf va turdagi kemalarni amfibiya hujumi, konvoylar, kema va havo kemalarga zarba berishga mo‘ljallangan bo‘lib, kuchli yong‘in va elektron qarshi harakatlar sharoitida bitta kema va yerga asoslangan radio kontrastli nishonlarni yo‘q qiladigan raketa tizimi.
“Iskander” - taktik raketa tizimi bo‘lib, majmuaning asosiy maqsadi dushmanning havo mudofaasi va raketaga qarshi mudofaa tizimini, shuningdek 500 kilometrgacha masofada joylashgan eng muhim ob’ektlarni yo‘q qilishdir.
LiveBarchasi