Eng boy 25 rossiyalik yil boshidan beri qanchaga “qashshoqlagani” ma’lum bo‘ldi
Olam
−
02 avgust 2022
10053Avgust oyi boshida Rossiyaning eng boy 25 kishisining umumiy boyligi 322,57 milliard dollarni tashkil qildi. Oxirgi sakkiz oyda bu miqdor 60,25 milliardga kamaydi. Bunday hisob-kitoblarni Praym nashri Bloomberg Billionaires Index milliarderlar reytingiga tayangan holda keltirmoqda.
“Bloomberg” ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning eng boy besh kishisi:
• Vladimir Potanin – 31,6 milliard dollar. Yil boshidan buyon u boyligini 691 million dollarga oshirdi.
• Leonid Mixelson – 26,7 milliard dollar. Oxirgi sakkiz oy ichida u 5,73 mlrd yo‘qotdi.
• Vladimir Lisin – 22,5 milliard dollar. Uning boyligi 5,5 milliardga kamaydi.
• Aleksey Mordashov – 20,6 milliard dollar Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan beri eng ko‘p yo‘qotish unga tegishli – 8,2 mlrd dollar.
• Alisher Usmonov – 20,4 milliard dollar. Uning yo‘qotishlari 894 millionni tashkil etdi.
Potanindan tashqari, Andrey Gurev (2,58 milliardga ko‘proq), Tatyana Bakalchuk (1,15 milliardga ko‘proq), Andrey Skoch (218 millionga ko‘proq) o‘z boyliklarini oshirishga muvaffaq bo‘lgan.
Mordashovdan tashqari Gennadiy Timchenko (uning boyligi 5,81 milliardga kamaydi), Roman Abramovich (-5,98 milliard), Viktor Rashnikov (-4,92 milliard) katta yo‘qotishlarga uchradi.
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanishidan bir kun oldin, 23 fevral kuni RIA Novosti “Bloomberg” milliarderlar reytingidagi eng badavlat rossiyaliklarning umumiy boyligi (o‘sha paytda 23 kishi) 342,74 milliard dollarni tashkil qilganini hisoblab chiqqandi. Agentlik hisob-kitoblariga ko‘ra, yil boshidan buyon bu miqdor o‘sha vaqtda 32 milliardga kamaygandi.
LiveBarchasi