Eng asosiy maqsadimiz Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olish – Ravshan Ermatov

Sport

image

Kecha, 22 yanvar kuni O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini boshladi. Midori Honda shogirdlari fevral oyida Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarining Osiyo mintaqasi 3-saralash bosqichi doirasida Avstraliya terma jamoasiga qarshi ikkita uchrashuv o‘tkazadi. 

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov bosh murabbiy Midori Honda bilan futbolchilarning ayni paytdagi holati va imkoniyatlari xususida suhbatlashdi va ayollar terma jamoasi oldida juda muhim vazifa turganini aytib, bu yo‘lda O‘FA tomonidan barcha sharoitlar taqdim etilishini ma’lum qildi.

“Eng asosiy maqsadimiz Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olish. Buning uchun munosib tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Avstraliyani mag‘lub etishga sizning kuchingiz yetadi. Jamoa avvalgi uchrashuvlarda nimalarga qodir ekanligini ko‘rsata oldi. Butun diqqat-e’tiborimizni ushbu bahsga qaratishimiz shart. Sizga butun O‘zbekiston ishonyapti va umid qilyapti. Sizlar ko‘plab yosh qizlarga sport bilan shug‘ullanishda o‘rnak bo‘lyapsiz. Tarix yozish vaqti keldi” deydi Ravshan Ermatov.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasining Avstraliyaga qarshi o‘yinlari 24 va 28 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Ravshan Ermatov Olimpiya o'yinlari O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing