Mesut O‘zil ota bo‘ldi

Sport

image

Angliyaning “Arsenal” klubi yarim himoyachisi, Germaniya terma jamoasi vakili 31 yoshli Mesut O‘zil ilk bor ota bo‘ldi. Bu haqda uning o‘zi Twitter`dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Qizimiz Eda sog‘-salomat dunyoga keldi, shukrlar bo‘lsin. Robbim bizga va atrofdagilarga foydali bir farzand bo‘lishini nasib qilsin”, degan O‘zil.

Ma’lumot uchun, Mesut O‘zil 2019 yil iyun oyida oila qurgandi. Ularning nikoh marosimida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ham ishtirok etgandi.

O‘zil Germaniya terma jamoasi tarkibida 2009 yildan beri o‘ynaydi. U 2014 yilda terma bilan jahon chempioni ham bo‘lgan. Xavbek terma safida 92 o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urgan.


Maqola muallifi

Teglar

Mesut O'zil

Baholaganlar

138

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing