Eng arzon go‘sht 37 000 so‘m. U qaysi bozorda?

Jamiyat

image

Respublikadagi eng arzon go‘sht 37 000 so‘mdan "Nukus dehqon bozori"da sotilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi

Qayd etilishicha, qo‘mita hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida 2020 yil 9 iyun kuni kuzatuv o‘tkazib, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini aniqladi. Unga ko‘ra:

Mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) 37 000 so‘mdan 65 000 so‘mgacha (kg);

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kg mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi, Nukus shahrining "Nukus dehqon bozori"da qayd etilgan. Bozorda bu turdagi go‘sht 37 000 so‘mdan sotilmoqda. 

Qo‘y go‘shti 39 000 so‘mdan 75 000 so‘mgacha (kg);

Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Toshkent shahrining "Mirobod dehqon bozori"da (39 000 so‘m) ro‘yxatga olingan. 

Kartoshka 1 500 so‘mdan 6 000 so‘mgacha (kg);

Olib borilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra, kartoshkaning minimal narxi Andijon shahrining "Yangi bozor dehqon bozori" va "Andijon shahar markaziy dehqon bozori", Termiz shahrining "Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori"da qayd etilgan (1 500 so‘m). 

Piyoz 500 so‘mdan 3 000 so‘mgacha (kg);

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, piyoz mahsulotining minimal narxi Termiz shahrining "Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori"da (500 so‘m) ro‘yxatga olindi.

Tuxum 6 000 so‘mdan 13 000 so‘mgacha (10 dona);

Tuxum mahsulotining kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Guliston shahrining "Guliston dehqon bozori", Toshkent shahrining "Farhod dehqon bozori"da qayd etildi (6 000 so‘m). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining "Oloy dehqon bozori"da qayd etilgan (13 000 so‘m).

Guruch 4 500 so‘mdan 18 000 so‘mgacha (kg);

Kuzatuv natijalariga ko‘ra, guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining "Nukus dehqon bozori"da ro‘yxatga olingan ("Nukus 2" navli guruch 4500 so‘m). 

O‘simlik yog‘i 8 400 so‘mdan 14 500 so‘mgacha (litr);

O‘simlik yog‘i mahsulotlarining kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining "Eski jo‘va dehqon bozori", "Qo‘yliq dehqon bozori" va "Mirobod dehqon bozori"da (mahalliy paxta yog‘i 8 400 so‘m) kuzatildi. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining "Oloy dehqon bozori"da (kungaboqar yog‘i 14 500 so‘m) kuzatildi.

Shakar 5 500 so‘mdan 7 000 so‘mgacha (kg);

Shakar mahsulotining kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining "Oloy dehqon bozori", "Farhod dehqon bozori", "Mirobod dehqon bozori", "Eski jo‘va dehqon bozori" va "Qo‘yliq dehqon bozori"da (5 500 so‘m) qayd etildi. 

 

Maqola muallifi

Teglar

bozor go'sht oziq-ovqat arzon

Baholaganlar

115

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing