Energiya o‘g‘rilariga qarshi bot ishlab chiqildi
Texnologiya
−
16 mart 2023 8017 1 daqiqa
Energiya resurslarini talon-toroj qilinishini oldini olishda jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish maqsadida maxsus Telegram-bot ishlab chiqildi. Bu haqda Bosh prokuraturaning rasmiy sahifalarida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, agar kimda kim yashayotgan hududida energetika sohasiga oid biror-bir qonun buzilishiga guvoh bo‘lsa, bu haqda Bosh prokuratura tomonidan ishlab chiqilgan maxsus Telegram-bot (@EnergonazoratBot)orqali xabar yo‘llasa bo‘ladi.
Buning uchun qonun buzilish holatini suratga olib, voqea sodir bo‘lgan hudud manzilini Telegram-botga jo‘natish kerak.
“O‘z uyi, mahallasiga befarq bo‘lmagan aziz vatandoshlar, jamoatchilik nazoratida faol ishtirok eting. Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilayotgan holatni o‘z vaqtida aniqlashga hissa qo‘shing”, deyiladi xabarda.
Live
BarchasiAQSHda odam itni tishlab oldi
28 aprel