Energiya resurslari iste’molida tartib-intizom yo‘q – Mirziyoyev

Jamiyat

image

Bugun, 11 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahrida o‘tgan videoselektorda energiya resurslari iste’molida tartib-intizom haligacha to‘liq ta’minlanmagani tanqid qilindi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning o‘tgan yetti oyida hududlarda 160 million kilovatt soat elektr va 290 million kub metr gaz noqonuniy ishlatilib, tarmoq korxonalariga 355 milliard so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlangan.

Yig‘ilishda Bosh prokuratura va Energiya inspeksiyasi tizimiga yuqoridagi masalalar yuzasidan katta vakolat va resurslar berilgani, lekin ular yo‘qotishlarni oldini olish bilan emas, balki oqibati bilan kurashayotgani ko‘rsatib o‘tilgan. 

Shuningdek, tuman hokimlari, prokurorlar, ichki ishlar va departament rahbarlari qaysi tumanda energiyani o‘g‘irlash davom etsa, noreal qarzdorlik oshib ketsa, elektr va gaz rahbarlariga qo‘shilib javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilgan. 

“Yana bir bor ta’kidlayman. Bir-ikki oydan so‘ng kuz-qish mavsumi boshlanadi. Uni betalafot o‘tkazish, energetika tizimining barqaror ishlashini ta’minlash, aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga energiya resurslarini kafolatli yetkazib berish bo‘yicha ishlarni hozirdanoq boshlash zarur”, degan davlat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev elektr energiyasini tejash bo‘yicha Andijon, Buxoro, Jizzax, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent viloyati, Farg‘ona va Toshkent shahri rejasidagi talablarni bajarmaganini hamda energetika kompleksi rahbarlari bu ishlarni pastda tizimli tashkil qila olmayotganini ham tanqid ostiga olgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Shavkat Mirziyoev energiya resurslari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing