Energetika vazirligi tizimida tayinlov amalga oshirildi
Jamiyat
−
08 avgust 2022 11473 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti direktori lavozimiga Aziz Husanovich Alimuhamedov tayinlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Aziz Alimuhamedov bunga qadar Energetika vazirining ilm-fan va innovatsiyalar bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Ma’lumot uchun, institut ilmiy tashkilot sifatida davlat buyurtmalari va dasturlarini amalga oshirishda hamda fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borishda ishtirok etadi.