Energetika vazirligi tabiiy gaz birinchi bo‘lib kimlarga berilishini ma’lum qildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Xabaringiz bor, kecha, 25 yanvar kuni soat 10:57 da Markaziy Osiyo yagona elektr tarmog‘ida katta avariya bo‘lishi oqibatida O‘zbekiston elektr energiya ta’minotida uzilish bo‘ldi. Ayni vaqtda umumtizimda kuzatilgan yirik nosozliklar mutaxassislar tomonidan bartaraf etilib, respublikaning yagona elektr tarmog‘iga quvvat uzatilish boshlangan. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bugun, 26 yanvar kuni soat 09:30 holatiga ko‘ra respublikada elektr energiyasi ta’minoti 70 foizga tiklangan. Bunda, birinchi navbatda aholi iste’molchilari va ijtimoiy soha ob’ektlari elektr energiyasi bilan ta’minlangan.

ׅ“Yuzaga kelgan nosozliklar sababli mamlakatimizdagi mavjud gaz qazib olish konlari va uni qayta ishlash zavodlarida texnologik jarayonlarning buzilish holatlari kuzatilmoqda. Bu esa o‘z navbatida gaz ishlab chiqarish hajmining kamayishiga olib kelmoqda”, deyiladi xabarda.

Ma’lum bo‘lishicha, shu sabab, issiqlik elektr stansiyalarida gaz bosimining kamayishi kuzatilmoqda va bu elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatyapti. Iste’molchilarni elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash maqsadida, ishlab chiqarilayotgan tabiiy gaz to‘liq hajmda issiqlik elektr stansiyalari, ijtimoiy soha ob’ektlari va aholi iste’molchilariga yo‘naltiriladi.

Xabarga ko‘ra, bugundan boshlab avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar kiritiladi. Shu bilan birgalikda, boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lmagan yuridik iste’molchilarga ham tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

“Hurmatli iste’molchilar! Ushbu amalga oshirilayotgan chora-tadbirlardan asosiy maqsad – birinchi navbatda aholi xonadonlarini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash hisoblanadi. Vaziyatni to‘g‘ri baholab, bizni qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat!”, deyiladi xabarda.

“Konets sveta”

Kecha, 25 yanvar kuni soat 11:00 larda O‘zbekistonning qator viloyatlarida elektr energiyasi ta’minoti uzildi. Buning ortidan poyezdlarning manzilga yetib borish vaqti kechiktirildi. Elektrdagi uzilish suv ta’minotini ham to‘xtatib qo‘ydi.

Keyinroq, qo‘shni mamlakatlar — Qozog‘iston va Qirg‘izistonning qator hududlarida ham elektr energiyasi uzildi. O‘zbekistonda esa barcha ayeroportlar faoliyati cheklandi.

O‘zbekiston Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, Qozog‘iston Elektr tarmog‘ida katta avariya bo‘lishi oqibatida Olma-ota, Chimkent, Taras, Turkiston (viloyatlarida) va atrof hududlarida Elektr energiya ta’minotida o‘chishlar yuzaga kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

560

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing