Endrik Raulning rekordini yangiladi

Sport

image

Yevropa Chempionlar ligasining (YeCHL) 2-turida “Lill”ga qarshi bahsda “Real Madrid” safida asosiy tarkibda maydonga tushgan braziliyalik Endrik klub tarixida Yevropaning eng nufuzli klub turnirida ilk daqiqadanoq to‘p tepgan eng yosh futbolchiga aylandi. Bu haqda AS xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, braziliyalik hujumchi 18 yoshu 73 kunligida YeCHL o‘yinida ishtirok etgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u 18 yoshu 78 kunligida “Ayaks”ga qarshi o‘yinda debyut qilgan afsonaviy ispaniyalik hujumchi Raulni ortda qoldirdi.

Endrik allaqachon “Real” safida ikkita gol urishga ulgurdi. Avval u “Valyadolid” bilan o‘yinda, keyin esa YeCHLda “Shtutgart” bilan bahsda raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “qirollik klubi” ustozi Karlo Anchelotti “Lill”ga qarshi uchragan sensatsion mag‘lubiyatga izoh bergandi. 

Anchelottiga ko‘ra, jamoa hujumchilarining samarasiz xatti-harakatlari mag‘lubiyatning asosiy omillaridan biri bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Real Karlo Anchelotti Endrik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made