Anchelotti “Real”ning sensatsion mag‘lubiyatiga izoh berdi
Sport
−
03 Oktabr 2024 5862 1 daqiqa
Yevropa Chempionlar ligasining (YeCHL) 2-turida “Real” hujum chizig‘i vakillari Fransiyaning “Lill” jamoasiga qarshi bahsda samarasiz harakatlandi, mazkur holat esa yakunda “qirollik klubi”ning mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘yindan keyingi matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
Uchrashuvdagi yagona gol 45+2 daqiqada “itlar” a’zosi Jonatan Devid tomonidan kiritildi.
“Ushbu o‘yinni tahlil qilish qiyin. Biz har tomonlama yomon o‘yin o‘tkazdik. Hech qanday vaziyat yaratmadik, to‘pga egalik qilishda sust harakatlandik, mag‘lubiyatni hech qanday bahona bilan izohlay olmaymiz. Hujumchilarimizga ko‘proq vertikal o‘yin kerak. O‘yinimiz chiqmadi va barchada yomon taassurot qoldirdik”, deydi Anchelotti.
Yevropa Chempionlar ligasining 1-turida “Real” “Shtutgart”ni mag‘lub etgandi (3:1), “Lill” esa “Sporting”ga imkoniyatni boy bergan (0:2). Hozirgi vaqtda YeCHL umumiy jadvalida “Real” 17, “Lill” esa 18-o‘rinda bormoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025