Anchelotti “Real”ning sensatsion mag‘lubiyatiga izoh berdi

Sport

image

Yevropa Chempionlar ligasining (YeCHL) 2-turida “Real” hujum chizig‘i vakillari Fransiyaning “Lill” jamoasiga qarshi bahsda samarasiz harakatlandi, mazkur holat esa yakunda “qirollik klubi”ning mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘yindan keyingi matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Uchrashuvdagi yagona gol 45+2 daqiqada “itlar” a’zosi Jonatan Devid tomonidan kiritildi.

“Ushbu o‘yinni tahlil qilish qiyin. Biz har tomonlama yomon o‘yin o‘tkazdik. Hech qanday vaziyat yaratmadik, to‘pga egalik qilishda sust harakatlandik, mag‘lubiyatni hech qanday bahona bilan izohlay olmaymiz. Hujumchilarimizga ko‘proq vertikal o‘yin kerak. O‘yinimiz chiqmadi va barchada yomon taassurot qoldirdik”, deydi Anchelotti.

Yevropa Chempionlar ligasining 1-turida “Real” “Shtutgart”ni mag‘lub etgandi (3:1), “Lill” esa “Sporting”ga imkoniyatni boy bergan (0:2). Hozirgi vaqtda YeCHL umumiy jadvalida “Real” 17, “Lill” esa 18-o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Real Evropa Chempionlar ligasi Karlo Anchelotti Lill'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made