“Real” futbolchisi “Liverpul” taklifini rad etdi
Sport
−
15:31 591 1 daqiqa
Angliyaning “Liverpul” jamoasi “Real” klubi hujumchisi Endrikni sotib olishga urindi, ammo futbolchi ham, Madrid klubi ham taklifni rad etdi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Liverpul” Endrikka qiziqish bildirgan, ammo futbolchi mersisaydliklar taklifini rad etgan. U “Real Madrid”da qolish istagini bildirgan. Madrid klubi ham hozircha braziliyalik hujumchini sotishni rejalashtirmayapti.
Eslatib o‘tamiz, Endrik o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini “Lion”da ijara asosida o‘tkazdi. 20 yoshli braziliyalik futbolchi Fransiya klubi safida 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yozgi transfer oynasida ko‘plab Yevropa klublarining qiziqishiga qaramay, Endrik “Real Madrid”da qolish va asosiy tarkibdagi o‘rin uchun kurashishga qaror qilgan.
Live
Barchasi