Endrik top-5 liga rekordini o‘rnatdi
Sport
−
27 yanvar 2048 1 daqiqa
“Lion”ning 19 yoshli braziliyalik hujumchisi Endrik Yevropaning kuchli beshlik ligalarida xet-trik qayd etgan XXI asrning eng yosh braziliyalik futbolchisi sifatida tarixga kirdi. Bu haqda “digisport” nashri xabar berdi.
Ushbu rekord Fransiya chempionatining 19-turi doirasida “Mets”ga qarshi bahsda qayd etildi. Joriy yilning 25 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “Lion” 5:2 hisobida g‘alaba qozondi. Endrik 11-, 45+1- va 87-daqiqalarda gol urib, o‘yinning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.
Shu tariqa, u braziliyalik afsona Ronaldo Nazario natijasini ortda qoldirdi. Ronaldo 1996 yil 26 oktyabrda, 20 yoshida “Barselona” safida “Valensiya”ga qarshi o‘yinda (3:2) xet-trik qayd etgan edi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Endrikning hisobida 4 ta gol va 1 ta golli uzatma bor. Braziliyalik futbolchi “Real Madrid”dan “Lion” klubiga ijara asosida o‘tgan bo‘lib, uning shartnomasi 2026 yil iyun oyigacha amal qiladi. Fransuz klubi futbolchi maoshining 50 foizini qoplamoqda.
Live
Barchasi