Endilikda mayning faoliyati bilan shug‘ullanishda litsenziya talab etiladi
Jamiyat
−
04 avgust 2023
6485O‘zbekistonda mayning faoliyatini amalga oshirishga qonunan ruxsat berilmoqda. Bu haqda bugun, 4 avgust kuni Oliy Majlis Senatining 43-yalpi majlisida so‘z bordi.
Bugungi kunda ham kripto-aktivlar aylanmasi sohasida qonunan litsenziya olishga faqatgina kripto-birja faoliyatiga ruxsat berilgan.
Ammo amalda kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi mayning faoliyati ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish talab etiladigan faoliyat turiga kiritilmagan edi.
Bundan buyon esa mayning-pul, kripto-depozitariy va kripto-do‘kon kabi faoliyatlarni amalga oshirish uchun litsenziyalarni olishga qonunan ruxsat berilmoqda.
Qolaversa, mayning faoliyatini ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz amalga oshirganlik yoki qalbaki hujjatlardan foydalanganlik uchun jarimalar belgilanmagan edi.
Endilikda ruxsatnomasiz yoki qalbaki hujjatlardan foydalangan holda mayning faoliyatini amalga oshirganlik uchun BHMning 150 barobari miqdorida jarima qo‘llaniladi.
LiveBarchasi