Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Endi jinoyat qurbonlari va guvohlarga kompensatsiya to‘lanadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda jinoyat protsessida ishtirok etgan shaxs vafot etsa ,uning oila a’zolariga 37,5 mln so‘m kompensatsiya puli to‘lab beriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining joriy yil 21 fevral kuni tasdiqlangan “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining  boshqa ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash tartibi” to‘g‘risidagi nizomida so‘z boradi.

Nizom jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessi boshqa ishtirokchilarining ijtimoiy himoyasini ta’minlashga qaratilgan bir yo‘la beriladigan nafaqani tayinlash va to‘lash tartibini belgilaydi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi ijtimoiy himoya qilish choralarini ta’minlovchi organ etib belgilandi. 

Quyidagilar himoya qilinuvchi shaxsga jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan ijtimoiy himoya qilish choralarini qo‘llashga asos bo‘ladi:

  • halok bo‘lganligi (vafot etganligi);
  • unga nogironlikni keltirib chiqaruvchi tan jarohati yetkazilgani yoki sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilgani; 
  • unga nogironlikni keltirib chiqarmaydigan tan jarohati yetkazilgani yoki sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilgani;
  • mulkiy zarar yetkazilgani.

Bir yo‘la beriladigan nafaqaning miqdori quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:

  • shaxs vafot etganda uning oila a’zolari har biriga teng ulushda –  BHMning 100 baravari miqdorida (37,5 mln so‘m);
  • shaxsga nogironlikni keltirib chiqaruvchi tan jarohati yetkazilgan yoki sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilganda.

Nogironlik guruhiga ko‘ra:

  • I guruh – BHMning 80 baravari miqdorida (30 mln so‘m);
  • II guruh – BHMning 70 baravari miqdorida (26 mln 250 ming so‘m);
  • III guruh – BHMning 50 baravari miqdorida (18 mln 750 ming so‘m).

Nogironlikni keltirib chiqarmaydigan tan jarohati yetkazilganda yoki sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilganda esa, sud-tibbiy ekspertizasining xulosasi asosida:

  • og‘ir daraja – BHMning 35 baravari miqdorida (13 mln 125 ming so‘m);
  • o‘rta daraja – BHMning 35 baravari miqdorida (13 mln 125 ming so‘m);
  • sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga olib kelgan yengil daraja – BHMning 25 baravari miqdorida (9 mln 375 ming so‘m).

Ijtimoiy himoya choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror (ajrim) uni ta’minlovchi organ tomonidan uni olgan kundan boshlab, 10 sutka ichida ijro etilishi lozim. 

Bir yo‘la beriladigan nafaqa soliqqa tortilmaydi va undan ushlab qolishlar amalga oshirilmaydi. 

Ushbu qaror joriy yil 1 apreldan e’tiboran kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat qurbon guvoh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing