Endi zargarlar ishi qattiq nazorat qilinadi, har gramm tillaning hisobi so‘raladi
Jamiyat
−
02 Oktabr 2019
5503O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bugun, 2 oktbyar kuni qabul qilgan qarori bilan “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va ularning realizatsiyasi monitoringini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, Davlat soliq qo‘mitasida zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.
Ushbu ma’lumotlar asosida tadbirkorlarning hisobotlari, shuningdek, soliq to‘lovchilarning majburiyatlari paydo bo‘lishi (tugatilishi) to‘g‘risida tegishli tashkilotlardan olingan ma’lumotlar bilan solishtirish orqali kameral nazorat o‘tkaziladi.
Kameral nazorat natijasida tafovut aniqlansa, soliq to‘lovchiga uning hisobotlariga tegishli tuzatishlar kiritish hamda kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan talabnoma yuboriladi.
Tadbirkorlarning faoliyatida jinoyat alomatlari mavjud deb topilsa, materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.
LiveBarchasi