Endi yuk mashinalaridan pul undiriladi

Jamiyat

image

2024 yil 1 apreldan yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan yuqori transport vositalari va tirkamalari uchun yo‘l yig‘imi joriy etiladi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi. 

O‘zbekiston Respublikasining 886-sonli Qonuni bilan 2024 yil 1 apreldan yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan yuqori transport vositalari va tirkamalari uchun tabaqalashtirilgan yillik 1,7-3,4 mln so‘m (BHMning 5-10  baravari) miqdorda “yo‘l yig‘imi” joriy etiladi. 

Yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan yuqori bo‘lgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining avtomobil yo‘llari bo‘ylab harakatlanishi huquqi uchun yig‘im O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan undirilishi ko‘zda tutilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 1 yanvarga qadar import bojxona bojining nol stavkalari belgilangan tovarlarga import bojxona bojining nol stavkasini qo‘llash muddati 2025 yil 1 yanvarga qadar uzaytirilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

yuk mashinalari yo'l yig'imi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing