Rossiya yuk mashinalarining Yevropadan kirishiga taqiqni uzaytirdi
Olam
−
25 dekabr 2023
3987Rossiya hukumati Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, Norvegiya va Ukrainadan yuk mashinalarining Rossiyaga kirishiga qo‘yilgan taqiqni uzaytirdi. Tegishli bayonot bugun, 25 dekabr kuni mamlakat Vazirlar Mahkamasining Telegram'dagi rasmiy kanalida paydo bo‘ldi.
Xabarga ko‘ra, cheklov uni joriy etishga asos bo‘lgan holatlar bartaraf etilguniga qadar o‘z kuchida qoladi.
Avvalgidek, pochta jo‘natmalari, diplomatik jo‘natmalar va gumanitar yordamlarni tashish jarayonlari istisno qilinadi.
Bundan tashqari, cheklov endilikda sport musobaqalari o‘tkaziladigan joylarga jihozlar va sport avtomobillarini olib o‘tishda texnik yordam ko‘rsatuvchi avtotransport vositalarining o‘tishiga tatbiq etilmaydi.
Taqiq 2022 yilda Yevropa Ittifoqining Rossiya va Belarus davlat raqamlariga ega yuk mashinalariga ruxsat bermaslik haqidagi qaroriga javob sifatida kiritilgan.