Endi yosh tadbirkorlar 540 mln so‘mgacha imtiyozli kredit olishi mumkin

Jamiyat

image

Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish va ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Prezidentning 2021 yil 13 iyuldagi PF–6260-son Farmoniga asosan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan TIF Milliy bankka 100 mln dollar pul ajratilgan.

Qarorga asosan, Prezidentning PF–6260-son farmoniga asosan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan TIF “Milliy bank”ka 100 mln dollar pul ajratilgan mablag‘lardan 2022-2024 yillarda yosh tadbirkorlarning yangi biznes loyihalari uchun kreditlar quyidagi shartlarda ajratiladi:

•    kredit miqdori BHMning 1000 baravaridan 2 ming baravarigacha;
•    muddati – 7 yil, imtiyozli davr – 3 yil;
•    foiz stavkasi – Markaziy bankning asosiy stavkasida (hozirda 14 foiz).

Kreditlar ajratish uchun Yoshlar ishlari agentligi, Savdo sanoat  palatasi va banklar tomonidan tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi yoshlar ro‘yxati shakllantiriladi.

Yoshlar o‘rtasida biznes ko‘nikmalarini shakllantirish va tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha o‘quv amaliy kurslari, shu jumladan “onlayn” tarzda bepul tashkil etiladi. 

Mazkur kurslarni muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga sertifikat taqdim etilib, ular tomonidan o‘z biznesini tashkil etish uchun yuqoridagi shartlarda kreditlar ajratiladi.

Loyihani amalga oshirish uchun yoshlar TIF milliy bank filliallariga ariza beradi va unga muvofiq kredit ajratiladi yoki asoslantirilgan holda rad etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

kredit

Baholaganlar

1007

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing