Endi YeI chaqiruv yoshidagi ukrainaliklarga boshpana bermaydi

Olam

image

Joriy yilning 31 iyulidan boshlab Yevropa Ittifoqi (YeI) mamlakatlariga kirib borgan chaqiruv yoshidagi Ukraina fuqarolari vaqtinchalik himoya so‘rab murojaat qilganda harbiy majburiyatlarni bajarganini hujjat bilan tasdiqlashlari kerak bo‘ladi. Bu haqda YeIning rasmiy jurnalida e’lon qilingan Yevropa Ittifoqi Kengashi qarorida aytiladi.

YeI Kengashiga ko‘ra, boshpana berish talablarining o‘zgarishi Ukrainaning o‘zgarib borayotgan mudofaa ehtiyojlarini hisobga olish zarurati bilan bog‘liq.

“Ushbu ehtiyojlar vaqtinchalik himoya orqali Ukrainadan ko‘chirilgan shaxslarga to‘liq yordam ko‘rsatishda Yevropa Ittifoqi va a’zo davlatlar tomonidan to‘liq hisobga olinishi kerak”, deyiladi hujjatda.

Qarordan ko‘rinishicha, harbiy majburiyatlar bajarilganini Ukraina hududidan qonuniy chiqib ketganlik haqidagi shtamp yoki xizmatdan ozod qilinganini yoki tegishli majburiyatlar bajarilganini tasdiqlovchi rasmiy hujjat (qog‘oz yoki elektron shaklda) orqali tasdiqlash mumkin.

Qarorga ko‘ra, hujjatli tasdiqsiz ushbu toifadagi ukrainaliklarga vaqtinchalik himoya berilmaydi. Shu bilan birga, yangi qoidalar orqaga qaytish kuchi bilan – 31 iyuldan boshlab qo‘llaniladi, garchi hujjatning o‘zi 4 avgustda e’lon qilingan bo‘lsa-da.

30 iyulgacha YeI mamlakatlaridan birida vaqtinchalik himoya olib bo‘lgan Ukraina fuqarolari tasdiqlovchi hujjatlarsiz o‘z maqomlarini saqlab qoladi.

Bundan tashqari, YeI Kengashi qaroriga ko‘ra, ukrainalik qochqinlar uchun vaqtinchalik himoya rejimi yana bir yilga – 2028 yil 4 martgacha uzaytirildi.

Vaqtinchalik himoya mexanizmi ilk bor Yevropa Ittifoqi tomonidan 2022 yil martida Ukraina nizosi boshlanganidan keyin joriy etilgan edi. Ukraina fuqarolariga boshpana olishning standart protsedurasisiz yashash, ishga joylashish, ta’lim olish, shuningdek, ijtimoiy yordam olish huquqi beriladi.

Qayd etish joiz, Kiyev rejimi Ukraina Qurolli kuchlarida shaxsiy tarkib yetishmovchiligiga duch kelmoqda. Chaqiruvga majbur bo‘lgan erkaklar to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘chalarda ushlanmoqda, majburiy ushlab qolishlar muntazam ravishda janjal va noroziliklarga olib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning kamida 24 hududidagi 70 dan ortiq ta’lim muassasasida talabalarni Ukrainadagi urushga jalb qilish ishlari olib borilayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing