Endi “Vagner” ustidan nazorat Putinga o‘tadi – Polsha Bosh vaziri
Olam
−
25 avgust 2023
10365“Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi ustidan nazorat to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga o‘tadi. Bu fikrni Polsha Bosh vaziri Mateush Moravetskiy aytib o‘tdi.
“Bugungi kunda Belarusda mavjud bo‘lgan “Vagner” katta yoki kamroq xavf tug‘diradimi? Men uchun bu ritorik savol”, deydi Bosh vazir.
Moravetskiyga ko‘ra, “Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojinning o‘limi Polshaga tahdidni kamaytirmaydi.
Polsha Moliya va mintaqaviy siyosat vazirining o‘rinbosari Marsin Gorala uning fikriga qo‘shilgan.
"Vagner” har qanday vaziyatda juda katta tahdiddir, biz chegaramizni himoya qilishimiz, davlat immuniteti tizimini yaratishimiz, qurolli kuchlarimizni mustahkamlashimiz, chegara to‘sig‘ini olib tashlamasligimiz kerak", deydi Gorala.
Eslatib o‘tamiz, 23 avgust kuni Rossiyaning Tver viloyatida halokatga uchragan samolyot bortida “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin va uning hammuassisi Dmitriy Utkin bo‘lgani, bortdagi barcha 10 yo‘lovchi halok bo‘lgani aytilgandi. Kecha, 24 avgust kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin samolyot halokatida halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan va Prigojinni iste’dodli tadbirkor, biroq taqdiri og‘ir inson bo‘lgani va hayotida jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yganini qayd etgandi. Hodisa fakti bo‘yicha harakat xavfsizligi va havo transportidan foydalanish qoidalarini buzish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Yevgeniy Prigojinning o‘limini Rossiya uchun katta yo‘qotish deb atagandi.
LiveBarchasi