Endi o‘zbekistonliklar “Qatar Airways” kompaniyasida ishlashi mumkin

Jamiyat

image

Joriy yilning may-iyun oylarida 65 nafar o‘zbekistonlik “Qatar Airways” kompaniyasiga ishga joylashtirilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda O‘zbekistonning Qatardagi elchixonasi mas’ullari Doha shahrida migratsiyaga oid uchrashuvlar o‘tkazgan.

Qatar Mehnat vaziri Ali bin Said bilan muloqotda ushbu mamlakat mehnat bozorida talab yuqori sohalarni (tibbiyot, turizm, aviatsiya, axborot texnologiyalari) malakaviy talablarini o‘rganish va O‘zbekistonda maqsadli tayyorlov kurslarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilingan.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra:

  • Qatar Bandlik va Sog‘liqni saqlash vazirliklari vakillarining O‘zbekistonga tashrifi amalga oshiriladi;
  • idoralararo ishchi guruh tashkil etiladi;
  • tibbiyot xodimlarini Qatar standartlari asosida tayyorlash bo‘yicha maxsus ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, Qatarda ishlash istagidagi yoshlar uchun 2026 yil sentyabr oyida Toshkentda 50 dan ortiq ish beruvchilar ishtirokida “O‘zbekiston – Qatar mehnat forumi” o‘tkaziladi.

“Qatar Airways” vitse-prezidenti Fathi Atti bilan uchrashuvda joriy yilning may–iyun oylarida aviatsiya sohasida 65 nafar nomzod (bort kuzatuvchisi, muhandis, aeroport xodimlari) tanlab olinishi va “Qatar Airways”da yuqori maoshli ishlarga joylashtirilishi bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Qolaversa, kelgusida uchuvchilik, mexanika, elektrotexnika va muhandislik sohalarida 1 600 nafar oliy ma’lumotli mutaxassisni ishga jalb qilish bo‘yicha loyihani amalga oshirishga kelishilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qatar Qatar Airways

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing