Endi O‘zbekistonga telefon olib kirish qimmatga tushadimi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonga jismoniy shaxslar tomonidan mobil telefonlar olib kirilganda ularning qiymati belgilangan normalardan ortiqcha bo‘lsa yoki yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan bo‘lsa, undan foydalanish uchun baribir telefon qiymatining o‘ttiz foizi miqdorida bojxona to‘lovlarini to‘lash kerak bo‘ladi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev ma’lum qildi.

"Agar O‘zbekistonga samolyotda kirib kelayotgan bo‘lsangiz, ikki donagacha telefon olib kirishingiz mumkin. Agar poyezd, avtotransportda yoki piyoda ravishda kirib kelayotgan bo‘lsangiz, har olti oyda bir marotaba bir donagacha telefonni bojxona to‘lovisiz olib kirishingiz mumkin", deydi Husan Tangriyev.

Xususan, jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan telefonlar bojxonadan bemalol o‘tishining cheklangan normalaridan oshmasligi kerak. Ya’ni, samolyotda kelganlar 2 ming dollargacha, poyezd yoki avtotransportda kelganlar ming dollargacha, piyoda ravishda kirib kelayotganlar 300 dollargacha bo‘lgan tovarlarni bojxona to‘lovisiz olib kirishga ruxsat bor. 

"O‘zingiz bilan olib kelayotgan telefonlarni albatta yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsating. Ushbu deklaratsiyalar o‘zingiz bilan olib kelayotgan telefonlarni majburiy tarzda UzIMEI tizimidan ro‘yxatdan o‘tkazishda sizga yordam beradi. Agar olib kirayotgan telefonlar belgilangan normalardan ortiqcha bo‘lsa, uni bekitishga urinmang yoki yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatishdan qo‘rqmang. Chunki, endilikda belgilangan me’yorlardan ortiqcha olib kirilgan telefonlarning bojxona to‘lovlari ham, ro‘yxatdan o‘tkazib to‘lovlari ham UzIMEI tizimi orqali amalga oshiriladi. Bojxona qo‘mitasining ma’lumotlar bazasi mazkur tizimga integratsiya qilindi", deydi Bojxona qo‘mitasi vakili.

Agar UzIMEI tizimida O‘zbekistonga olib kirilgan        telefonning bojxona rasmiylashtiruvdan o‘tganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa, u holda telefon qiymatining o‘ttiz foizi miqdorida bojxona to‘lovlarini to‘lashga to‘g‘ri keladi. Shundan so‘nggina qurilma tizimidan o‘tkaziladi, ungacha telefondan foydalanib bo‘lmaydi.

"Agar telefonlarni turli savdo rastalaridan yoki onlayn do‘konlardan xarid qilayotgan bo‘lsangiz, u holda ularning UzIMEI tizimidan ro‘yxatdan o‘tganligini albatta tekshiring. Agar telefon tizimdan ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa, u holda bojxona to‘lovlarni o‘zingiz to‘lashingizga to‘g‘ri keladi", deydi Tangriyev.


Maqola muallifi

Teglar

telefon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing